19:48 / 27.08.2016
6972

Manba: Rossiya Turkiyaga charter parvozlarga taqiqlovni bekor qildi

© RIA Novosti

Turkiyaga charter reyslar amalga oshirmoqchi bo‘lgan Rossiya aviakompaniyalari 27 avgustdan boshlab Rosaviatsiyaga Turkiya orqali parvozlarni amalga oshirishga arizalar berishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda Rosaviatsiyadagi manbaga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda. 

"Bugungi kundan Turkiyaga charter reyslar bo‘yicha parvozlarga cheklovlar olindi, charter reyslarni amalga oshirishni istovchi barcha aviakompaniyalar parvozlarni bajarishga ariza berishi mumkin", deb aytdi manba.

Rosaviatsiya rahbari Aleksandr Neradko Rossiyaning 15 ga yaqin aviakompaniyasi Turkiyaga charter parvozlarni boshlashga tayyorligini aytgan.

Mavzuga oid
Top