15:29 / 27.08.2016
8423

Shanxayda yirik aksilterror o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda

XXRning Shanxay shahrida yirik aksilterror mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar qilayapti Sinxua agentligi.

Xabarlarga ko‘ra, o‘quv amaliyotlari Shanxay aksilterror qo‘mitasi tomonidan Xitoy xalq armiyasi Shanxay garnizoni hamda shahar jamoat xavfsizligi boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Ammo, harbiy xizmatchilar va jangovar texnikalar soni, o‘quv mashqlari necha kun davom etishiga oydinlik kiritilmagan. 

Avvalroq, Xitoy OAV xabar qilganidek, terrorizm tahdidi kuchayib borayotgani va Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tajak G20 sammiti munosabati bilan Shanxay aeroporti va temir yo‘l vokzallarida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. 
 

Top