15:04 / 27.08.2016
16749

Turkmaniston rahbari mamlakat yutuqlarini xorijda keng targ‘ib qilishni talab qildi

© RIA Novosti

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov hukumat majlisida, mamlakat yutuqlarini keng targ‘ib qilishni talab qildi, deb xabar qilmoqda mahalliy OAV. 

"Mustaqil Vatanimizda ulkan loyihalar amalga oshirilmoqda. Mamlakat tanib bo‘lmas darajada yangi qiyofaga ega bo‘layapti. Xalqning ijtimoiy-iqtisodiy turmush darajasi oshib, yangi shahar va qishloqlar paydo bo‘layapti. Yirik ko‘priklar, aeroportlar, maktab va universitetlarni qurish faollik bilan olib borilayapti. Zamonaviy texnologiyalarga ega zavodlar barpo etilmoqda", — degan davlat rahbari hukumat a'zolariga murojaat qilib. 

Biroq, Berdimuhamedovning fikricha, Turkmaniston yutuqlaridan jahonda ko‘p xabari yo‘q. Shu boisdan, mazkur muammoni hal etish uchun, "jahonning yirik va obro‘li OAV bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish lozim".

Bundan tashqari, Turkmaniston OAVni qayta shakllantirish lozim. Xususan, Davlat axborot agentligi tuzilmasini o‘zgartirib, xodimlar shtatini ko‘paytirish kerak. 

Shu bilan birga, Turkmaniston prezidenti mamlakatda mustaqil nashrlarni tashkil etish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashini ham ta'kidlagan. 

Bugungi kunda, Turkmanistondagi barcha gazeta va jurnallar, shuningdek, tele va radiokanallar davlatga qarashli. 

Top