20:50 / 27.08.2016
15684

O‘zbekiston – Suriya o‘yini chiptalari sotuvga chiqarildi

O‘zbekiston hamda Suriya terma jamoalari o‘rtasidagi JCh-2018 3-saralash bosqichi 1-turidan o‘rin olgan uchrashuv chiptalari sotuvga chiqarildi.

Mazkur o‘yin uchun chiqarilgan chiptalarni uchrashuv bo‘lib o‘tadigan "Bunyodkor" stadioniga qarashli kassalardan xarid qilish mumkin. O‘yinga chiqarilgan chiptalar 3 toifada bo‘lib, 1-toifa chiptala narhi 20 ming, 2-toifa chiptalar narhi 25 ming hamda CIP toifasidani chiptalar narhi 40 ming so‘m qilib belgilangan. Bu haqda O‘FF rasmiy sayti xabar berdi. 

Eslatib o‘tamiz, JCh-2018 3-saralash bosqichi A guruhi 1-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston hamda Suriya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 1 sentabr kuni Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.

Top