Xitoy janubida shaharlararo qatnovni amalga oshiruvchi 2 avtobus o‘zaro to‘qnashib ketishi oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi va 42 kishi turli darajadagi tan jarohatlari oldi.
Sina agentligi xabariga ko‘ra, bu YTH Guansi-Chjuan muxtor viloyati hududidagi Nannin okrugidagi yo‘llardan birida ro‘y bergan. Avtobuslar Gunchjou-Kunmin shaharlari yo‘nalishida bo‘lgan.
Jarohatlanganlar shifoxonaga yetkizilgan, hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.