19:31 / 28.08.2016
18038

Namanganda osh chempionati bo‘lib o‘tdi

Namanganda tobora yaqinlashib kelayotgan mustaqilligimizning 25 yilligiga bag‘ishlab, “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” degan yezgu g‘oya asosida, “O‘zbegim oshlariga marhamat!” nomli osh chempionati tashkil yetildi. “Namangan yoshlar markazi” tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan ushbu musobaqada viloyatimizning 25 nafar mahoratli oshpazlari o‘zaro bellashdilar. "Zahiriddin Muhammad Bobur" nomli aholi madaniyat va istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tgan tanlovga, viloyatimizdagi yoshi ulug‘ keksalar, urush va mehnat faxriylari, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, kam ta'minlangan oila farzandlaridan iborat 200 nafardan ortiq mehmonlar tashrif buyurishdi. Har bir oshpazning taomi belgilangan hakamlar hay'ati tomonidan munosib baholab borildi. Har tomonlama mezonga muvofiq ko‘rib chiqilgan osh egalari tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tanlovda Pop tumani vakillari 3-o‘rinni egallashgan bo‘lsa, 2-o‘ringa Chust tumani oshpazi loyiq topildi, Kosonsoy tumani sharafini himoya qilgan oshpaz akamizning oshlari tengsiz deya topilib 1-o‘rinni egalladi.

Humoyunmirzo ABDULLAYeV,
Suratlar: Temurmalik VOHIDOV

Top