20:17 / 29.08.2016
8085

Amerikalik nafaqaxo‘r ayol kompyuter xatosi tufayli ikki yil davomida o‘lik hisoblangan

Amerikaning Yuta shtatida yashovchi Barbara Myorfi byurokratik xato qurboniga aylangan, natijada hukumatning elektron tizimi 2014 yilda uni o‘liklar qatoriga qo‘shib qo‘ygan. Bu haqida The Independent xabar berdi.

2014 yilning iyulida tizim kompyuterga Myorfining o‘limi haqida ma'lumot kiritganidan keyin nafaqaxo‘rning sug‘urta kompaniyasiga shunga doir xabar jo‘natilgan. Buning natijasida ayolning ijtimoiy sug‘urta polisi bekor qilingan va bank hisob raqamlari muzlatib qo‘yilgan.
 
Shunday bo‘lsa-da, ayol bir muddat nafaqa puli olishda davom etgan, lekin pul kelishi to‘xtagandan so‘ng u Ijtimoiy ta'minot boshqarmasiga murojaat qilgan, davlat esa uning oilasidan olingan barcha pul vositalarini qaytarishni talab qilgan.  

Myorfi vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida ijtimoiy ta'minot idorasida elektron navbatga tura olmagan, zero uni o‘lgan deb hisoblovchi tizim nafaqaxo‘rga talon berishdan bosh tortgan. Bundan tashqari, ayol uzoq vaqt davomida xaridlari uchun hech bir bank kartasi orqali hisoblasha olmagan. 

Natijada davlat ayolni “tiriltirish” va u sug‘urta bo‘yicha davolangan tibbiyot muassasalaridan barcha pul da'volarini qaytarib olishga va'da berdi.

 

Top