Apple kompaniyasi kuzgi taqdimotini 7 sentabrda o‘tkazadi. Tadimotda kompaniyaning yangi mahsulotlari taqdim qilinadi. Bu haqda CNBC telekanali ma'lum qildi.
Taqdimot San-Frantsiskodagi Bill Graham Civic Auditorium arenasida bo‘lib o‘tadi. Kompaniya boshqa tafsilotlar bermagan.
Taxminlarcha, Apple taqimotda iPhone 7 smartfoni, ikkinchi avloddagi Apple Watch soati hamda MacBook Pro noutbukining yangi versiyalarini taqdim qiladi.