08:59 / 29.08.2016
5913

"Barselona" Rakitich goli evaziga "Atletik"ni mag‘lub qildi

Ispaniya chempionatining 2-turida "Barselona" jamoasi ham g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. 

Kataloniyaliklar mazkur turda "Atletik" mehmoni bo‘lishdi. Uchrashuvda Ivan Rakitich tomonidan kiritilgan gol bahs taqdirini hal qildi. Shu tariqa, Luis Enrike shogirdlari ham ikki turdan keyin 6 ochkoga ega bo‘lishdi. 

Ispaniya - Primera. 2-tur
"Atletik B"  – "Barselona" – 0:1
Gol
: Rakitich, 21 (0:1).
Ogohlantirishlar: Susayeta, 45+1; Iturraspe, 56; Eraso, 62; Benyat, 83; Balensiaga, 89 – Yumtiti, 10; Buskets, 37; Suares, 37; Roberto, 59.

Top