8455.37 USD +4.00

9554.57 EUR +77.20

131.53 RUB +2.16

11060.5 GBP +43.26

19:04 / 29.08.2016 5161

BMW kompaniyasi Z4 rodsterini ishlab chiqarmaydi

Germaniyaning BMW avtomobilsozlik kompaniyasi 2009-yildan Regensburgdagi zavodida ishlab chiqarilgan Z4 modeli konveyerini to‘xtatdi. 7 yil mobaynida 115 mingdan ortiq rodster ishlab chiqilgan, deb yozmoqda Bimmer Today.

Konveyyerdan chiqqan so‘nggi BMW Z4 top modifikatsiyadagi sDrive35is bo‘ldi. Unga 3 litrli, olti silindrli juft-turbo motor o‘rnatiladi. Bu dvigatel, 450 aylanish lahzasida 340 ot kuchi bera oladi. Motor yetti bosqichli, ikkita ulovchiga ega avtomatik uzatmalar qutisi yordamida mashinani harakatga keltiradi. 

Ushbu rodster 4,5 soniyada “yuz”ga chiqa oladi. Uning eng yuqori tezligi soatiga 250 km bilan chegaralangan. 

Xabarlarga ko‘ra, BMW Z4 o‘rnida kompaniya yapon firmasi Toyota bilan hamkorlikda Z5 modelini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Yaponiya kompaniyasi ayni platformada ishlab chiqaruvchi modeli namunasida Supra nomini qayta jonlantirmoqchi. 

Biroq, Germaniya va Yaponiya avtomobilsozlik gigantlarining mashinalari dizayni jihatidan farqlanadi. Bundan tashqari, o‘rnatiladigan dvigatellari ham bir xil bo‘lmaydi. Avstriyaning Magna Steyr kompaniyasi quvvatlaridagi ishlab chiqarish jarayoni 2018-yildan boshlanadi. 


 

Teglar

Top