8455.37 USD +4.00

9554.57 EUR +77.20

131.53 RUB +2.16

11060.5 GBP +43.26

21:25 / 29.08.2016 5928

Braziliyaning o‘z lavozimidan chetlatilgan prezidenti Russeff o‘z mandati uchun kurashishini aytdi

Foto: © EPA/Cadu Gomes

O‘z lavozimidan vaqtinchalik chetlatilgan Braziliya prezidenti Dilma Russeff demokratiya va adolat tantana qilishi uchun o‘z mandati uchun kurashishni davom ettirishini aytdi. U bu haqda Federal senatda impichment jarayonida o‘z himoyasi davomida aytdi. 

"Men o‘z mandatimga mag‘rurlik sababli emas, balki demokratiya va adolat uchun kurashmoqdaman", deb aytdi Russeff va unga qarshi boshlangan impichmentni davlat to‘ntaruviga urinish deb atadi. "Mendan qo‘rqochlarcha sukutni kutmang", deb qo‘shimcha qildi Russeff.

Russeff senatning yalpi yig‘ilishida o‘zining tarafdorlari va siyosiy ittifoqdoshlari hamrohligida paydo bo‘ldi. Ular orasida Braziliyaning sobiq prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva va mamlakatdagi eng mashhur musiqachilardan biri Shiku Buarki bo‘lgan. Russeffni Milliy kongress binosiga kiraverishda uning impichmentiga qarshi chiqayotgan bir necha o‘nlab namoyishchilar kutib olgan.
 
 

Top