11:11 / 29.08.2016
6699

Britaniyalik sportchi La-Mansh bo‘g‘ozida 16 soat davomida suzgach halok bo‘ldi

Britaniyalik sportchi Nik Tomas La-Mansh bo‘g‘ozini yolg‘iz suzib o‘tishga harakat qilib, halok bo‘ldi. Uni Fransiya qirg‘oqlaridan 10 mil masofada (16 kilometrga yaqin) hushsiz holatda topishgan. Bu haqda BBC News xabar tarqatdi.

Tomas 27 avgust kuni tongida Buyuk Britaniyadagi Duvr portidan suzishga chiqqandi. Taxmin qilinishicha, u startdan 16 soat o‘tib qiynala boshlagan va hushidan ketgan. Tomas kasalxonaga keltirilgan, ammo uning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.

Uning o‘limi haqidagi xabar Buyuk Britaniya TIV tomonidan tasdiqlangan.

Shuningdek, Fransiya tashqi ishlar vazirligi britaniyalik sportchining oilasiga yordam berishga tayyorligini ma'lum qilgan.

Shropshire Star nashri yozishicha, Tomas 45 yoshda edi, u qurilish kompaniyasida ishlagan. Shuningdek, triatlon bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etgan. Tomas La-Manshdan 2014 yilda ham suzib o‘tgan edi. Bo‘g‘ozning uzunligi 540 kilometrni tashkil qiladi.

Mavzuga oid
Top