21:57 / 29.08.2016
53275

Dayjyest: Islom Karimov salomatligi haqida, Toshkentdagi yangi halqa yo‘l, Anqaraning ultimatumi, Yamanda terakt, Tsukerbergning Papa bilan uchrashuvi

Yakunlanib borayotgan 29 avgust O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Lola Karimova-Tillayeva prezidentning ahvoli haqida ma'lumot berdi

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning ikkinchi qizi, “Sen yolg‘iz emassan” xayriya jamg‘armasi raisi, O‘zbekistonning YuNeSKOdagi doimiy vakili Lola Karimova-Tillayeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida o‘z otasining ahvoli haqida xabar berib, prezidentning holati ayni vaqtda barqaror ekanini bildirgan.

>>> Batafsil.  


Toshkentdagi yangi halqa yo‘li harakatlanish uchun ochildi

Toshkentda may oyida qurilishi boshlangan uchinchi transport halqasi harakatlanish uchunochildi.

>>> Batafsil.

Anqara Suriya kurdlariga ultimatum qo‘ydi

Suriya kurdlari Frot daryosining sharqiy sohillaridan chekinmasa, Turkiya harbiylarining nishoniga aylanadi. Bu haqda Turkiya TIV rahbari Mavlud Chovusho‘g‘li ma'lum qilgan.

>>> Batafsil.

Los-Anjyeles aeroportida otishma ro‘y berdi

Los-Anjyelesdagi xalqaro aeroportda otishma ovozlari eshitilgach, aeroportning markaziy terminaliga kirish va chiqish yopib qo‘yilgan.

>>> Batafsil.

Yaman terakti


Yaman janubidagi Adan shahrida terrorchi xudkush o‘zi boshqarib kelgan avtomobilni portlatib yuborib, terakt sodir etdi.

>>> Batafsil.

Rim papasi Facebook asoschisi Mark Tsukerbergni qabul qildi


Rim papasi Frantsisk 29 avgust kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Tsukerbergni qabul qildi. Bu haqida Muqaddas taxt matbuot xizmati rahbari Greg Berk ma'lum qildi.

>>> Batafsil.


YouTube ijtimoiy tarmoqqa aylanadimi?

Dunyoning eng yirik videoxostingi internetda tanilayotgan shaxslar va ularning muxlislarini raqiblar platformasiga o‘tishdan saqlab qolish uchun o‘z servisi ustida ishlashni rejalashtirmoqda.  

>>> Batafsil.

Citroen yangi sedani prototipini namoyish etdi

Citroen kompaniyasi, o‘z ta'biriga ko‘ra, yuqori toifali sedan hisoblanuvchi  CXPERIENCE prototipini namoyish etdi.

>>> Batafsil.

Shotlandiyaning 2 klubi Angliya chempionatiga qabul qilinishi mumkin


Shotlandiyaning «Seltik» va «Reyndjers» jamoalari Angliya futboli piramidasigaqo‘shilishi mumkin..

>>> Batafsil.

Amerikalikning antiqa goli


Amerikadagi maktab jamoalaridan biri bo‘lmish «Kolumbayn» jamoasi futbolchisi Dilan Prichett-Ettner internet yulduziga aylandi.

>>> Batafsil.

Top