22:06 / 29.08.2016
15258

IShID rahbarlari Trampning foydasiga ibodat qilayotgani ma'lum bo‘ldi

IShID terrorchilik tashkilotining rahbarlari AQSh prezidenti lavozimiga nomzod bo‘lmish Donald Tramp foydasiga ibodat qilishmoqda. Bu haqida The Daily Mail Foreign Affairs jurnaliga tayangan holda xabar bergan.

Jurnalistlar jangarilarning Telegram chatidagi muzokaralarini tahlil qilgach, mazkur ma'lumotlarga ega bo‘lishdi. Ular Trampning hokimiyat tepasiga kelishi IShID uchun manfaatli bo‘lishini asoslaydigan uch sababni keltirishgan. Birinchisi — nomzodning tajovuzkor (jumladan, «Suriyani do‘zaxdek portlatish») nutqi ularning G‘arbiy dunyo islom bilan urush olib bormoqda, degan nuqtai nazari bilan mos keladi.  

Ikkinchisi — respublikachining barcha musulmonlarni majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish va masjidlarni qat'iy nazorat qilish taklifi tashviqotchilarga islomning mo‘tadil izdoshlarini jangarilar safiga qo‘shilishiga yordam beradi. 

Nihoyat, ularning fikricha, Tramp kabi  siyosatchilar bema'ni bo‘lib, hissiyotga osongina bo‘ysunadi, shu sababli magnatning rahbarligi AQShni zaiflashtiradi.

Top