07:43 / 29.08.2016
4053

Liviyaning Sirt shahridagi janglarda 34 askar halok bo‘ldi

Liviya armiyasining IShID jangarilari bilan Sirt shahridagi janglarida kamida 34 harbiy halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Ta'kidlanishicha, 180 dan ko‘proq askar yaralangan. 

Agentlik manbasi ma'lumotlariga ko‘ra, asosan Misrat shahridan bo‘lgan liviyalik brigadalar Sirtda g‘alaba qilishga yaqin turibdilar, biroq ular jangarilar bilan janglarda ba'zi muammolarga duch kelganlar.  

Harbiylarning ta'kidlashicha, terrorchilar kamida beshta avtomobilni portlatmoqchi bo‘lgan hamda ular tomondan jangga xudkushlar kirmoqda. 

Liviya harbiylari 28 avgustda IShIDning Sirtdagi pozitsiyalariga katta ko‘lamli hujumni boshlashdi. Shaharda jangarilarga qarshi janglar iyun oyidan beri olib borilmoqda. Ayni vaqtda harbiylar jangarilardan shaharning katta qismini qaytarib olishga muvaffaq bo‘ldilar.

 

Mavzuga oid
Top