18:39 / 29.08.2016
5583

Rim papasi Facebook asoschisi Mark Tsukerbergni qabul qildi

Rim papasi Frantsisk 29 avgust kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Tsukerbergni qabul qildi. Bu haqida Muqaddas taxt matbuot xizmati rahbari Greg Berk ma'lum qildi. 

“Ular qashshoqlik bilan kurashda kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish, uchrashuvlar madaniyatiga xayrixohlik qilish va aholining eng uzilgan qatlamlarigacha umid elchisini yo‘llash haqida suhbatlashishdi”, - deydi Berk. Shuningdek matbuot xizmati rahbarining ta'kidlashicha, Tsukerbergning pontifik bilan uchrashuvga turmush o‘rtog‘i Pristsilla Chan bilan kelgan. 

Ijtimoiy tarmoq asoschisining o‘zi ma'lum qilishicha, u Rimga mamlakatning eng yetakchi universitetlaridan biri bo‘lgan Luiss’da talabalar oldida ma'ruza so‘zlash uchun tashrif buyurgan. 

 

Top