10:25 / 29.08.2016
5686

Taniqli bastakor Xuan Gabriel hayotdan ko‘z yumdi

Meksikalik taniqli bastakor va qo‘shiqchi Xuan Gabriel 67 yoshida o‘z vatanida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqida mamlakat prezidenti Enrike Penya Neto o‘zining tvitterida ma'lum qildi. 

“Mamlakatimizning eng buyuk bastakorlaridan biri Xuan Gabrielning o‘limidan chuqur qayg‘udaman. Uning oilasi va do‘stlariga o‘z hamdardligimni bildiraman”, - deb yozdi Meksika prezidenti.

O‘lim sabablariga oydinlik kiritilmagan. 

Xuan Gabriel 1950 yilning 7 yanvarida Meksikaning Parakuaro munitsipalitetida dunyoga kelgan. U 11 marta Gremmi mukofoti nomzodi va ko‘plab boshqa mukofotlar sovrindori bo‘lgan. Hollivudning Shon-shuhrat xiyobonida uning nomidagi yulduz bor.

Top