17:01 / 29.08.2016
15105

O‘zbekiston TIV Qirg‘izistonga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston tomoni  Moskvadagi yong‘inda 14 nafar qirg‘izistonlik, Bishkek—O‘sh yo‘lidagi avtohalokatda to‘qqiz kishi halok bo‘lgani munosabati Qirg‘izistonga hamdardlik bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.

"2016 yilning 29 avgust kuni Toshkent shahridagi Qirg‘iziston Respublikasi elchixonasida 27 avgust kuni Moskva shahridagi yong‘in va Bishkek-O‘sh avtomobil yo‘lida yo‘l-transport hodisasi oqibatida qurbon bo‘lgan Qirg‘iziston fuqarolari xotirasiga mamlakatda e'lon qilingan motam kuni munosabati bilan ochilgan Hamdardlik kitobiga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi nomidan qayd kiritildi", deyilgan xabarda.

27 avgust, shanba kuni ertalab Moskvaning Altufevsk shossesida joylashgan «Pechatniy ekspress» MChJ bosmaxonasiga qarashli omborda ro‘y bergan yong‘in oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi. Qurbonlarning 14 nafari Qirg‘iziston fuqarolari edi.

29 avgust kuni mamlakatda motam kuni deb e'lon qilindi.

Mavzuga oid
Top