11:50 / 29.08.2016
9868

Janubiy Koreya harbiylari yuqori jangovar tayyorgarlikka keltirildi

Koreya respublikasi prezidenti Pak Kin Xe mamlakat qurolli kuchlarini jangovar harbiy tayyorgarlik holatiga keltirish bo‘yicha buyruq berdi. Bu haqda, u maslahatchilari bilan Seulda o‘tkazgan yig‘ilishida ma'lum qilgan. 

"Harbiylar istalgan vaqtda qarshi zarba berishga tayyor bo‘lishi kerak. Shimoliy Koreya tomonidan amalga oshiriladigan har qanday fitna o‘z tuzumining boshiga yetadi", - degan Pak Kin Xe. 

U shuningdek, mamlakat harbiylariga KXDR raketa-yadro dasturiga qarshi "ta'sirchan choralar tayyorlash"ga ko‘rsatma bergan. 

O‘tgan haftada Pak Kin Xe KXDR bilan chegaradosh hududlardagi Janubiy Koreya harbiy qismlariga tashrif buyurgan edi.

Mavzuga oid
Top