17:55 / 30.08.2016
3998

«Barselona» Alkaserning transferini e'lon qildi

«Valensiya» hujumchisi Pako Alkaserning «Barselona»ga o‘tishi bo‘yicha jarayon yakunlandi.

23 yoshli ispaniyalik hujumchi kataloniyaliklar klubi bilan 5 yillik shartnoma tuzgan. Uning shartnomasida tovon puli miqdori sifatida 100 million yevro ko‘rsatilgan. 

«Barselona» Alkaserning transferi uchun 30 million yevro to‘lagan va futbolchi «Barsa» uchun o‘tkazgan o‘yinlari soniga ko‘ra, 2 mln yevro bonus sifatida berilishi mumkin.

O‘z navbatida Munir El-Haddodiy «Valensiya»ga keyinchalik 12 million yevroga sotib olish huquqi bilan 1 yil muddatga ijaraga berilgan.

O‘tgan mavsumda hujumchi «Valensiya» safida 34 uchrashuvda maydonga tushib, 13ta gol urgan.

Mavzuga oid
Top