22:45 / 30.08.2016
5124

BMT Xavfsizlik kengashi Livan janubida tinchlikparvar kuchlarni qoldirishga qaror qildi

BMT Xavfsizlik kengashi BMTning Livandagi vaqtinchalik kuchlarining vakolatlarini 2017 yil 31 avgustgacha uzaytirishga qaror qildi. Kuchlar mamlakatning janubida joylashgan va Isroil bilan o‘t ochishni to‘xtatish tartibini kuzatib boradi. Tegishli rezolyutsiya bir ovozdan qabul qilindi.

Har yili qabul qilinadigan hujjatda BMT Xavfsizlik kengashi a'zolari Livanning hududiy yaxlitligi va suvereniteti tarafdorlari ekanliklari tasdiqlandi hamda barcha tomonlar jangovar harakatlarni to‘xtatish rejimiga amal qilish va Isroil bilan shartli chegara bo‘lib xizmat qiladigan "ko‘k liniya"ning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirildi. BMT Xavfsizlik kengashi Isroil hukumatiga o‘zining armiyasini chegara chizig‘i orqali o‘tuvchi Gajara posyolkasidan olib chiqishni tezlashtirish zarurligini ko‘rsatdi.

2006 yil avgustda BMT Xavfsizlik kengashi Livanda Isroil va "Hezbollah" guruhi o‘rtasida jangovar harakatlarni tugatish haqidagi rezolyutsiyani qabul qilgan. 

Ayni vaqtda Livandagi tinchlikparvar kuchlar tarkibida 10,5 ming harbiy va 850 nafar oddiy xodim bor.

Kuchlar Livanda joylashtirilgandan keyin 295 kishini, jumladan 291 harbiyni yo‘qotgan. Hujjatda barcha tomonlar tinchlikparvar kuchlar xodimlarining xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha majburiyatlariga so‘zsiz amal qilish hamda kuchlarning oraliq hududni patrul qilishi uchun erkin harakatlanishini kafolatlashga chaqirilgan.

Mavzuga oid
Top