20:56 / 30.08.2016
7054

FES Watch U -  E-ink texnologiyasi asosidagi Sony soatlari

Sony bo‘linmasiga qarashli yapon startapi Fashion Entertainments  elektron qog‘ozdan foydalanilgan yangi qo‘l soat — FES Watch U'ni taqdim etdi. Gadjyet klassik tashqi ko‘rinishga ega bo‘lib, soat yuzi va tasmasi avvalgidek ranglarning o‘zgartira oladigan E Ink panellari bilan jihozlangan. Hozirda 12 xil dizayn imkoniyatlari mavjud bo‘lib, boshqa sozlagichlarni iOS uchun mo‘ljallangan dasturlar orqali (Android uchun ulanishga hozircha imkon yo‘q) yuklab olish mumkin.

Suratlarni soat korpusidagi tugmalar orqali yoki smartfondagi dasturlar yordamida o‘zgartirish mumkin. FES Watch U soatining avtonom ish vaqti uch haftani tashkil etadi. Namlikka qarshi IPX5/IPX7 standarti bo‘yicha himoya mavjud. Yangilik uch talqinda ishlab chiqariladi: sapfir shishali qora (590 dollar),  mineral shishali oq va kulrang ko‘rinishda (486).

Avvaldan buyurtma berish o‘tgan yili Sony tomonidan ishga tushirilgan First Flight kraudfanding maydonida amalga oshiriladi. Cheklangan sondagi 10 foiz chegirmali soatlarga (437 dollardan) buyurtma berish mumkin. 7 oktabrgacha startap deyarli 200 000 dollar yig‘ib olishni ko‘zda tutgan. Ayni damda loyiha zarur mablag‘ning 19 foizini qo‘lga kirita oldi.

Mavzuga oid
Top