11:56 / 30.08.2016
7096

Hindistondagi ichimlik suv sifati haqida hisobot e'lon qilindi

Xalqaro geologlar jamoasi Hind-Ganga daryolari havzasida istiqomat qiluvchilar uchun paydo bo‘lgan eng asosiy tahdidni e'lon qildi. Ular olib borgan tadqiqot natijasi Nature Geoscience jurnalida e'lon qilingan.

Pokiston, Hindiston, Nepal va Bangladesh davlatlariga suv resurslari bilan bog‘liq qurg‘oqchilik emas, balki suv manbalarining inson hayotiga zaharli bo‘lgan chiqindilar bilan ifloslanishi ko‘proq tashvish uyg‘otmoqda. Hind, Ganga va Braxmaputra daryolari havzasidagi 200 metrgacha yerosti suvlarining 60 foizida tuz va margimush eritmalarining yuqori aralashmasi mavjud. 

Bu esa, suvni ichimlik yoki qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish maqsadida foydalanish imkonini yo‘qqa chiqaradi. Sun'iy yo‘ldoshlar orqali kuzatuvlarga ko‘ra, so‘nggi yillarda mintaqadagi yerosti suvlari sathi pasayib borayapti.

Olimlar tomonidan o‘tkazilgan o‘lchash ishlari natijasiga binoan, umuman yerosti suvlari sathi barqarorligicha qolayapti. U, yirik shaharlar yaqinida 30 foizga kamaygan bo‘lsa-da, atrof hududdan sizib kelish bilan muvozanatga kelmoqda. 

Hind-Ganga daryo ekotizimidan butun dunyo bo‘yicha yerosti suvlarining 25 foizi tortib olinadi, undan Pokiston, Hindiston, Nepal va Bangladeshda istiqomat qiluvchi 750 million kishi foydalanadi. 

Top