8460.92 USD +2.76

9439 EUR -62.05

131.06 RUB +1.32

10760.6 GBP -234.16

16:04 / 30.08.2016 4841

Microsoft MacBook Air'ni mazax qildi (video)

Microsoft'ning "agressiv va talabchan fe'li"ni endilikda barcha Surface Pro 4 planshetining yangi reklamasida ko‘rishi mumkin. Reklama qisqa hazilga boy sahna ko‘rinishini yodga solsa-da, unda kinoya ham yetarlicha topiladi.   

Kompaniya rolikda bu safar ham o‘z mahsulotlarini Apple MacBook Air bilan, olmali qurilmalarni esa yana boshqa narsalar bilan solishtirib, PC va Mac foydalanuvchilari o‘rtasida "urush"ni yuzaga keltirib chiqarmoqda. 

Microsoft tomoni fikricha, ularning ajraluvchi klaviatura, raqamli ruchka va sensorli ekran kabi noyob afzalliklarga ega qurilmasi o‘zining funksionalligi bilan «sekin, og‘ir  va biroz eskicha urfdagi» MacBook Air'ni ortda qoldiradi. Hattoki, mushukning shlyapasi ham bu noutbukdan foydaliroqdir. Kulgili reklamada mana shunday lavhalarni ko‘rishingiz mumkin.

Top