01:02 / 30.08.2016
5620

Oq uy Obama va Putin G20 sammitida uchrashishi mumkinligini ma'lum qildi

Oq uy AQSh prezidenti Barak Obama va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Pekindagi G20 sammitida "turli masalalarni hal qilish" uchun norasmiy uchrashuv o‘tkazishlari mumkinligini taxmin qildi. Sammit 4 sentabrda boshlanadi. 

Ta'kidlanishicha, Oq uy ikki yetakchi orasida rasmiy uchrashuv bo‘lishi haqida ma'lumotga ega emas.  

Avvalroq Obama 4 sentabrda Pekinda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashishi mumkinligi ma'lum qilingandi.

 

Mavzuga oid
Top