09:26 / 30.08.2016
6176

Toyota to‘fon tufayli zavodlarini ishini to‘xtatdi

Toyota yapon avtokonserni Yaponiya shimoli-sharqidagi zavodlarini hududga kelayotgan "Layonrok" to‘foni sababli vaqtinchalik to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda kompaniya bayonotida ma'lum qilindi. 

Ta'kidlanishicha, konsernning Ivate va Miyagi prefekturalaridagi ishi to‘xtatilmoqda.

Yaponiyaning shimoli-sharqidagi 110 ta ichki aviareysning bekor qilinishi va elektr uzatish liniyalarining katta miqdorda uzilishiga olib kelgan "Layonrok" to‘foni yapon orollariga 30 avgust kechki vaqtga yaqin yetib kelishi kutilmoqda. O‘tgan haftada Yaponiyaga "Mindul" to‘foni yopirilgandi, uning oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, 60 dan ko‘proq kishi jarohat olgandi. Kuchli yomg‘irlar tufayli avtomobil va temir yo‘l transporti harakati buzilgandi, 400 ga yaqin aviareys bekor qilingandi.

Mavzuga oid
Top