09:43 / 30.08.2016
7234

Jinoyatchi o‘zi haqidagi e'lon xususida telekanalga murojaat qildi

Avstraliya qamoqxonasidan qochgan Emi Sharp (Amy Sharp) 7 News Sydney telekanalidan, uning qidirilayotgani xususida Facebook sahifasiga joylashtirilgan suratini almashtirishni talab qildi. 

Telekanal o‘z e'lonida politsiya axloq tuzatish idorasidan qochgan 18-yoshli Sharpni qidirayotganini xabar qilgan. Qizning tashqi ko‘rinishi haqidagi ma'lumotga, ehtimollarga ko‘ra, qamoqxonada olingan surati ham ilova qilingan. 

Mazkur e'lonni ko‘rgan qochoq qiz 7 News Sydney telekanalidan birmuncha yaxshiroq suratni joylashtirishni so‘rab, boshqa suratini taklif ham qilgan. 

«Iltimos, mana bu suratdan foydalaning, rahmat. Sizning Emi Sharp», — deb yozgan qiz.

Sharpning bunday jur'ati tezda shov-shuvga aylanib, 62 ming kishi uni ma'qullagan, 10 minglab kishilar fikrlarini qoldirgan. 

Mavzuga oid
Top