09:36 / 31.08.2016
7767

AQSh shtatlaridan birida masxarabozlar kiyimidagi to‘da paydo bo‘ldi

AQShning Janubiy Karolina shtatidagi Grinvill shahri aholisi ko‘chalarda masxaraboz kiyimidagi shubhali kishilarning paydo bo‘lganidan xavotirga tushdi. Bu haqda Washington Post xabar bermoqda

Mahalliy aholi niqoblar ostida manyaklar yashirinayotgan bo‘lishidan xavotirlanmoqda. Bir shaharlik farzandlari shubhali kimsalar bilan muloqot qilgandan keyin "masxaraboz kiyimidagi odam bolalarni o‘rmonga olib ketmoqchi bo‘lgani" haqida qo‘shnilari orasida maktub tarqatgan. "Ularning ba'zilarida zanjirlar, boshqalarida pichoqlar bo‘lgan, yana boshqalari bolalarga pullar, konfetlar taklif qilib, ular bilan birga ketishni aytishgan", deb ma'lum qilgan erkak. 

Yana bir ayol masxarabozlar kechasi o‘rmonda lazer ukazkalar bilan yorug‘lik tushirayotganlari, uning qo‘shnisi esa uyi yaqinidagi chiqindi konteynerlari yonida shubhali masxarabozni ko‘rganini aytgan.

Politsiya aholining xavotirlariga javob bergan: ularning aytishicha, oxirgi kunlarda bu borasida faqat bir dona ariza tushgan. Politsiya tergov olib bormoqda va vaziyatni kuzatmoqda.

Masxaraboz niqobi ostida o‘z jinoyatlarini amalga oshirgan Jon Geysi ismli kimsa 1972-1978 yillar davomida 33 nafar yosh kishini zo‘rlab, o‘ldirgan.

Mavzuga oid
Top