09:35 / 31.08.2016
4725

«Arsenal» kun davomida ikkinchi transferni amalga oshirdi

«Arsenal» germaniyalik himoyachi Shkodran Mustafini sotib olgani haqida rasman ma'lum qildi.

Londonliklar klubi Germaniya terma jamoasi a'zosi bo‘lgan futbolchining transfer huquqini «Valensiya»dan sotib olgan.

«Mustafi hozirda eng optimal yoshda. U yaxshigina tajriba to‘plagan.

Shkodran – e'tiborli himoyachi, u shuningdek to‘p bilan yaxshi muomila qila oladi. Biz ajoyib futbolchini tarkibga qo‘shib oldik», – deya transferga fikrini bildirgan Arsen Venger.

Bundan oldingi xabarlarda futbolchining transfer qiymati 30-35 mln yevroni tashkil qilishi aytilgandi.

Shu tariqa, «Arsenal» kun davomida ikkinchi transferni amalga oshirdi. Bundan oldinroq «Deportivo» hujumchisi Lukas Peres 20 mln yevro evaziga xarid qilingandi.

Top