23:23 / 31.08.2016
5782

Braziliya senati Russef impichmenti bo‘yicha ovoz berish formatini o‘zgartirmoqchi

Braziliya senati mamlakat prezidenti Dilma Russefning impichmenti bo‘yicha ovoz berishni ikki qismga ajratmoqchi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Bunday taklifni impichment jarayonida raislik qiluvchi Braziliya oliy sudi rahbari Rikardu Levandovski ma'qulladi.   

Ta'kidlanishicha, bir ovoz berish Russefni o‘z lavozimidan batamom chetlatishni, ikkinchisi esa uni chetlatilgandan keyin yana 8 yil davomida davlat lavozimlarini egallash huquqidan mahrum qilish-qilmaslikni aniqlab beradi. 

Avvalroq Braziliya senati Russefni impichment qilish jarayonini tiklagani ma'lum qilingandi.

Russefning impichmenti uchun 81 senatordan kamida 54 nafari ovoz berishi kerak. Ayni vaqtda Russef o‘z majburiyatlaridan vaqtinchalik chetlatilgan.

Top