12:51 / 31.08.2016
11191

Gimnastika bo‘yicha yetti karra Olimpiya chempioni hayotdan ko‘z yumdi

Sport gimnastikasi bo‘yicha yetti karra Olimpiya chempioni  chexoslovakiyalik Vera Chaslavska 75 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqida Reuters agentligi ma'lum qildi. 

Chaslavska o‘zining yettita oltin medali bilan Olimpiadada ishtirok etib, eng ko‘p yutuqlarga erishgan chexoslovakiyalik sportchi hisoblanadi. Shu bilan birga u to‘rt karra jahon chempioni va ko‘p karra Yevropa chempioni hamdir. 

Sportdagi faoliyatini tamomlagandan so‘ng 1990-1996 yillar davomida Chaslavska Chexiya Milliy Olimpiya Qo‘mitasi (MOQ) prezidenti lavozimini egallagan. 1995-2001 yillarda esa Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) a'zosi hisoblangan. 

Top