14:11 / 31.08.2016
7032

Qirg‘iziston prezidenti muxolifat ilgari surgan ayblovlarni inkor etdi

Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev, o‘zining siyosiy raqiblari tomonidan ilgari surilayotgan ayblovlarni inkor etdi. U, mamlakat Mustaqillik kuni bilan so‘zlagan ma'ruzasida shu haqda fikr bildirgan

"Konstitutsiyani isloh qilish mavzusiga to‘xtalishga majburman. Chunki, ko‘plab siyosatchilar meni turli jinoyatlar, xususan hokimiyatni kuch bilan egallab olishda ayblashmoqda", - degan Atambayev. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bularning bari "ochiq yolg‘ondir". Atambayevning fikricha, uning siyosiy raqiblari, 2010-yilda qabul qilingan konstitutsiyaga muvofiq, respublikada parlament boshqaruvi tartibi joriy qilinganini aytishadi. 

"Aslida gap prezidentlik-parlament shakli haqida bormoqda. Va mazkur konstitutsiyada totalitarizm uchun barcha asoslar saqlanib qolgan. Shu sabab uni o‘zgartirish kerak", - deb ta'kidlagan Qirg‘iziston rahbari. 

Atambayev, shuningdek, o‘zining ayrim sobiq siyosiy safdoshlarini ham ayblagan. 

Uning ishonch bildirishicha, u raqiblarining "inson sifatida qo‘rquvlarini to‘g‘ri tushunadi". Endilikda, muxolifat vakillari, Atambayev Konstitutsiya bo‘yicha referendum vositasida o‘z vakolatlarini kengaytirib oladi, degan xavotirlarni bildirishmoqda.  

"Biroq, men prezidentlik lavozimini yana bir muddat boshqarish, bosh vazir yoki parlament spikeri bo‘lish niyatida emasman", - deb ta'kidlagan davlat yetakchisi. 

Mavzuga oid
Top