18:05 / 31.08.2016
6284

Kun voqeasi. "Botev" jamoasi yangi murabbiyi tayinlanganidan 2 soat o‘tib muxlislar tufayli iste'foga chiqarildi

Bolgariyaning "Botev" jamoasi ishqibozlari yangi bosh murabbiy Nikolay Mitovni tayinlovidan 2 soat o‘tib, iste'fo berishiga majbur qilishgan. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Gap shundaki, Mitov bosh murabbiy etib tayinlanganidan keyin, ilk mashg‘ulotlarga kirishgan vaqtida, klub qarorgohiga muxlislar bostirib kelgan. Keyin uni iste'foga chiqarishni talab qilishgan. Muxlislar uni "Levski" klubiga yon bosishda ayblashgan. Natijada, bosh murabbiy hamda yordamchisi "Botev"ni tark etishga majbur bo‘lgan. 

Bolgariya chempionatida "Botev" 5 turdan so‘ng 8-o‘rinda bormoqda.

Manba: Tribuna.Uz

Mavzuga oid
Top