08:58 / 31.08.2016
3906

Papua-Yangi Gvineya yaqinida kuchli zilzila qayd etildi

Papua-Yangi Gvineya sohillari yaqinida 6,7 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi. Bu haqda AQSh geologik xizmati ma'lum qildi.

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, zilzila markazi Namatanai shahridan sharqqa tomon 39 km uzoqlikda, o‘chog‘i 499 km chuqurlikda bo‘lgan.

Jabrdiydalar, vayronalar va sunami paydo bo‘lishi mumkinligi haqida ma'lumot kelib tushmagan.

Top