10:27 / 31.08.2016
6602

Rossiyaning Su-25SM samolyotlari Qirg‘izistonda jangovar o‘quv amaliyoti o‘tkazdi

Rossiyaning Qirg‘izistondagi "Kant" birlashgan harbiy bazasi Su-25SM hujumchi samolyotlari ushbu respublikadagi shartli "jinoiy guruhlar"ni yo‘q qildi, deb xabar qilmoqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati. 

"Su-25SM hujumchi samolyotlari ekipajlari tun vaqtida, yirik nishonlar, "Edelveys" tog‘li poligonidagi niqoblangan inshootlarga zarba berishda "havo – yer" rusumidagi raketalardan foydalanishdi", — deyiladi xabarda. 

Rossiya mudofaa vazirligiga ko‘ra, parvozlar past balandliklarda qiyin relefli hududlarda "GLONASS" navigatsiyasi yordamida amalga oshirilmoqda. 

Mavzuga oid
Top