23:30 / 31.08.2016
8940

Turkiya ichki ishlar vaziri iste'foga ketdi

Foto: © AP Photo/Burhan Ozbilici

Turkiya ichki ishlar vaziri Efkan Ala iste'foga ketdi. Uning o‘rnini mehnat va ijtimoiy muhofaza vaziri Suleyman Soylu egalladi. Hukumatdagi o‘zgartirishlar haqida Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim mamlakat prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashgandan keyin ma'lum qildi.

Soyluning o‘rniga esa Bursa viloyatidan deputat Mexmet Muyazzino‘g‘lu tayinlangan. O‘zgartirishlar sababi ma'lum qilinmagan. 

Muyazzino‘g‘lu 2013 yil yanvaridan 2016 yil mayigacha Turkiya milliy sog‘liqni saqlash vazirligini boshqargan.

Top