14:14 / 31.08.2016
20763

O‘zbek-qirg‘iz chegarasining ayrim uchastkalarida qo‘shma dala tekshiruvlari o‘tkazildi

24-29 avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha Hukumat delegatsiyalarining ishchi guruhlari O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasining ayrim uchastkalarida qo‘shma dala tekshiruvlarini o‘tkazishdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qiladi.

Uchrashuvlar va muzokaralar yakunlariga ko‘ra qo‘shma protokol imzolandi. O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasining o‘tish chizig‘i borasidagi mavjud masalalarga tomonlar uchun maqbul yechim topish maqsadida dala tekshiruvlarini davom ettirishga kelishib olindi.

Mavzuga oid
Top