17:21 / 31.08.2016
20364

O‘zbekistonda qatag‘on qurbonlari xotirlandi

O‘zbekiston mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan 31 avgust kuni hurriyat, porloq istiqbol va ezgu maqsadlar ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga tantanali ravishda gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar nomidan harbiy orkestr sadolari ostida Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambarlar qo‘yildi.

O‘zbekistonda qatag‘on qurbonlarini xotirlash 2001 yildan buyon davlat rahbari tashabbusi bilan amalga oshirib kelinadi.

O‘zbekiston rahbarining tashabbusi bilan 2005 yil 28 dekabrda Mustaqillik monumenti oldida Baxtiyor ona siymosi aks etgan muazzam haykal qad rostladi. Bugungi tinch, osuda hayot, porloq kelajakka bo‘lgan mustahkam ishonch ifodalangan, farzandini bag‘riga bosib, unga termulib turgan Baxtiyor ona siymosida ona, beg‘ubor bolalik, barkamol avlod ramzi ifodalangan. Mazkur majmua erkin demokratik davlat, inson manfaati va huquqlari har narsadan ustun turadigan fuqarolik jamiyati barpo etilayotgan mamlakatimizda ayol zotiga bo‘lgan cheksiz hurmat-ehtirom ifodasidir. 

Top