12:26 / 31.08.2016
5039

WSJ: demokratlar Klintonlarni jamg‘armasi bilan aloqani uzishga chaqirmoqda

AQSh Demokratik partiyasining bir guruh a'zolari Klintonlar oilasiga murojaat qilib, prezidentlik saylovida Hillari Klinton g‘alaba qozongudek bo‘lsa, Clinton Foundation bilan aloqani uzishga chaqirgan, deb yozmoqda The Wall Street Journal.

Ma'lumki, AQSh sobiq prezidenti Bill Klinton, rafiqasi mamlakat rahbarligiga saylansa, jamg‘arma direktorlar kengashi rahbarligidan ketishini va korporatsiyalar, xorijiy kompaniyalar va hukumatlar o‘tkazadigan mablag‘lardan voz kechishini bildirgan edi. 

Biroq, Klintonlar tarafdorlarining fikricha, bu choralar jamg‘arma homiylari tomonidan ta'sir o‘tkazish ehtimolini yo‘qqa chiqarish uchun yetarli emas. 

«Fond siyosiy nuqta-i nazardan chalg‘ituvchi manyovr hisoblanadi. Oila bilan aloqani uzing. Sovringa Katta mukofot qo‘yilgan. Va bu Clinton Foundation emas. Bu AQSh prezidentligi», — deb bayonot bergan AQSh vakillar palatasining Arizona shtatidan a'zosi Raul Grixalva.

Jamg‘arma homiylaridan biri Uilyam Gelstonning fikricha, «Klinton oilasi Fond bilan aloqasini uzgach, prezidentlikni boshlash aqlli qaror hisoblanadi». Uning qo‘shimcha qilishicha, albatta osonlikcha bunday qaror qabul qilish mushkul, ammo Klinton ma'muriyati va mamlakat uchun shunisi yaxshiroq. 

Oilaga yaqin manbalarning fikricha ham Klintonlar uchun fonddan ajralish oson bo‘lmaydi. Oilaning ayrim ittifoqchilari, xususan Los-Anjyeles demokratlari raisi Erik Baumanning taklifiga ko‘ra, Klintonlarning qizi Chelsi tashkilotda qolishi mumkin. 

Avvalroq, AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp, mamlakat Adliya vazirligi Klintonlar Fondini moliyalashtirish bo‘yicha surishtiruv o‘tkazish maqsadida maxsus prokurorni tayinlashi lozim, deb bayonot bergandi. 

Top