15:38 / 01.09.2016
6447

Dilma Russeff o‘z tarafdorlari bilan xayrlashdi

Dilma Russeff Braziliya prezidenti lavozimidan iste'foga chiqqanidan so‘ng o‘z tarafdorlari oldida nutq so‘zladi va unda Vladimir Mayakovskiyning “Nima ham qilar edik!” (1927 yil) she'ridan parcha keltirdi. Bu haqida TASS ma'lum qildi.

“Men o‘z nutqimni rus shoiri Mayakovskiyning ajoyib asaridan parcha bilan tugatmoqchiman: “Xursandchilikka ham, xafagarchilikka ham hojat yo‘q. Tarix suvi toshqin”, - dedi u. 

31 avgust kuni Braziliya senati Russeffning impichmentini tasdiqladi. Uning iste'fosi uchun 61 nafar senator ovoz berdi, tarafdorlari esa 21 kishini tashkil qildi. Davlat rahbari lavozimini sobiq vitse-prezident Mishel Temer egalladi. U Braziliyani 2019 yilning 1 yanvariga qadar, ya'ni Russeffning prezidentlik muddati yakuniga yetguncha boshqaradi.

Russeffning impichmentidan keyin Janubiy Amerikaning bir necha davlatlari – Venesuela, Ekvador va Boliviya Braziliya bilan diplomatik aloqalarni muzlatish haqida ma'lum qilishdi. 

Top