18:17 / 01.09.2016
8594

Insonning qulashidan ogohlantiruvchi datchiklar paydo bo‘ldi

Jarohatlarning eng asosiy sabablaridan biri yiqilish bo‘lib, bu asosan keksa insonlarda uchraydigan holatdir. Yosh ulg‘ayishi bilan diqqatning yomonlashuvi vaziyatni yana-da murakkablashtiradi. Aynan yoshi ulug‘lar uchun yiqilish xavfidan darak berib, yiqilishdan ogohlantiruvchi sensor tizimi ishlab chiqildi.

Organ va inson tizimi umrbod yosh bo‘lib qolmaydi. Ko‘karishlar, sinishlar, miya chayqalishi — qari insonning salomatligiga jiddiy zarar keltirishi mumkin, axir ular yoshlardan farqli o‘laroq yordam chaqirishga ham ojiz bo‘lishadi. Biroq AQShlik olimlarning kashfiyoti bunday holatlarga chek qo‘yishi mumkin. 

Mazkur ixtiro Missuri (University of Missouri) universiteti olimlariga tegishli bo‘lib, kiyimga biriktiriluvchi kichik datchik va sensorlar tizimidan iborat. U harakat qilishga hech ham halaqt bermaydi. Qurilma qadamlar tezligini, ikkala oyoq qadami orasidagi masofani, bir oyoq orasidagi masofa va vaqtni o‘lchaydi.  Nima sababdan bu kerak? Tadqiqotchilar aniqlashicha, bir soniyada qadam tashlash tezligi 5 sm.ga kamaysa va qadamlar orasidagi masofa qisqarsa  bu yaqin uch hafta ichida muvozanatni yo‘qolishi va qulash xavfini 86 foizga oshiradi.

Loyiha muallifi Merilin Rants bu ixtiro ko‘plab keksa insonlarni turli jarohatlardan asrab qolishiga umid bildirmoqda. 

Qurilma TigerPlace degan nomni oldi. Ayni damda ixtiro sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi.  Olimlar esa o‘z kashfiyotlarini  AQShdagi qariyalar uyi va reabilitatsiya markazlariga joriy etishni rejalashtirishmoqda.
 

Top