17:21 / 03.09.2016
15938

Belarus Oliy kengashining sobiq raisi: Karimovning donoligi O‘zbekistonni saqlab qoldi va unga barqaror bo‘lishga imkon berdi

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning donoligi O‘zbekistonni saqlab qoldi va uning vorislari buni tushunishlari kerak, deb aytdi 1991-1994 yillarda Belarus Oliy kengashining raisi bo‘lgan Stanislav Shushkevich.

"Karimov o‘ta bilimdon va O‘zbekistonga islohotlar va ezgulik tilagan odam bo‘lgan. Karimovning donoligi O‘zbekistonni saqlab qoldi va unga barqaror bo‘lishga imkon berdi", deb aytdi Shushkevich.

Siyosatchining fikricha, Karimov O‘zbekistonda demokratik islohotlar yo‘li bilan borish siyosatini yurgazgan. "Karimov juda dono siyosat yurgazgan", deb qo‘shimcha qildi Shushkevich.

Shushkevich shuningdek Islom Karimovning shaxsiy sifatlarini eslab o‘tdi. "U bilan shaxsan menga suhbat qilish juda oson edi. Ham olim, ham muhandis sifatida. U bilan barcha uchrashuvlarimiz uning insoniyligini ko‘rsatgan. Misol uchun, men ertaga Toshkentga uchishim kerak, men unga qo‘ng‘iroq qilib, u bilan uchrashishim mumkinligini so‘rardim. U menga: "Albatta, o‘zingiz bilan birga rafiqangiz olib keling. U Toshkentning qandayligini bir ko‘rsin", deb javob berardi. 

"MDH davlatining biror boshqa rahbari hech qachon bunday samimiy taklif bildirolmasdi", deb ta'kidlab o‘tdi Shushkevich.

"Karimov juda ochiq, sof ko‘ngil va dono odam edi. Ko‘p shiorlar aytish, lekin juda kam ish qilish mumkin. U shiorlar borasida bosiq edi. O‘zbekiston buyuk odamini yo‘qotdi. Men uning yaqinlariga hamdardlik bildirib qolaman", deb o‘z so‘zlarini nihoyaladi siyosatchi.

Top