16:32 / 03.09.2016
10653

Xitoy Islom Karimovning vafoti munosabati bilan ta'ziya bildirdi

Xitoy O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan O‘zbekiston ahliga samimiy hamdardligini bildirdi, deyilmoqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Xua Chunin xabarida.

Islom Karimov 2 sentbrda 79 yoshida vafot etdi. Prezidentning dafn marosimi bugun, 3 sentabrda tug‘ilgan yurti – Samarqandda bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistonda shu munosabat bilan 3 kunlik motam e'lon qilindi.

"Xitoy O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning vafotidan karaxt holga tushdi, Xitoy shu munosabat bilan qayg‘urmoqda hamda Islom Karimovning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi", deyildi ta'ziya matnida. Xitoy tomonining aytishicha, Islom Karimovning vafoti nafaqat O‘zbekiston xalqi uchun og‘ir judolik bo‘ldi, balki Xitoy xalqi Islom Karimov siymosida samimiy do‘stini yo‘qotdi.

Xitoy raisi Si Tszinpin va Davlat kengashi bosh vaziri Li Ketsyan O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Nig‘matulla Yo‘ldoshevga hamdardlik telegrammasini jo‘natdi.

"Prezident Karimov O‘zbekiston Respublikasi asoschisi bo‘lgan, milliy mustaqillikka erishdi, mamlakatning farovonligi va taraqqiyoti uchun tarixiy hissa qo‘shdi. Karimov Xitoy va O‘zbekistonning do‘stona hamkorligiga uzoq vaqt va matonat bilan o‘z kuchini berdi, davlatlarimiz orasida strategik xavfsizlik munosabatlarini rivojlantirish va xalqlarimiz o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlash uchun bor kuch-g‘ayratini bag‘shida qildi", deyildi Xitoy raisi yuborgan telegrammadi.

Shuningdek, telegrammada Xitoy O‘zbekiston bilan strategik hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishga katta ahamiyat berishi, qo‘ni-qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash, o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirish, ikki davlat farovonligi uchun yanada ko‘proq hissa qo‘shish niyatidaligi bildirildi.

Mavzuga oid
Top