18:10 / 04.09.2016
91841

Fotoreportaj: Samarqandda Islom Karimov bilan vidolashuv

3 sentabr kuni O‘zbekiston respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov Samarqandda yerga qo‘yildi.

Avvaliga marhumning tobuti Toshkentdan samolyot orqali Samarqandga olib kelindi va shahar ko‘chalari bo‘ylab olib o‘tildi. Samarqand aeroportidan Islom Karimovning uyiga qadar bo‘lgan masofada marhumni so‘nggi yo‘lga kuzatish uchun minglab samarqandliklar jam bo‘lishdi.

U o‘zi tug‘ilib o‘sgan xonadonga keltirildi. Bu yerda marhumni so‘nggi yo‘lga kuzatish bilan bog‘liq milliy urf-odat va marosimlar ado etildi.

Shundan so‘ng, Samarqand markazidagi qadimiy Registon maydonida marhum bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda ishtirok etish uchun Islom Karimovning tug‘ilib-o‘sgan shahriga O‘zbekistonning davlat, jamoatchilik va diniy arboblari, shuningdek, bir qator mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning yuqori lavozimli vakillari tashrif buyurdi.

Ular qatorida Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston prezidentlari, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Gruziya bosh vazirlari, Eron TIV rahbari, BAA davlat vaziri, MDH ijrochi kotibi va boshqalar bor edi.

U ona shahri — Samarqandning Hazrati Hizr masjididagi qadimiy qabristonga musulmon odatlariga ko‘ra dafn etildi.

Top