16:25 / 04.09.2016
13810

Kemerovoda ikki karra baxtsiz hodisa ro‘y berdi

Kemerevo viloyatida (Rossiya) chiqindi tashuvchi mashinani boshqarib ketayotgan haydovchi nafaqaxo‘r ayolni bosib ketdi. Bu haqida Vesti.Ru ma'lum qildi. 

4 sentabr kuni ertalab Kruglenkoye qishlog‘ining etagida mudhish fojia ro‘y berdi. Chiqindi tashuvchi ZIL mashinasi qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib, yo‘l chetida ketayotgan 78 yoshli ayolni bosib ketdi va ag‘darilib ketdi. Ayol o‘sha joyning o‘zidayoq hayotdan ko‘z yumgan. 

Voqea sodir bo‘lgan joyga yetib kelgan yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi xodimlari chiqindi mashinasining ichida o‘lik haydovchini topishgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, haydovchi avtomobilni boshqarayotgan paytda jon bergan.

YTH tafsilotlari o‘rganilmoqda. 
 

Top