19:19 / 04.09.2016
22248

Obama Xanchjou aeroportidagi vaziyatga izoh berdi

AQSh prezidenti Barak Obama G20 sammiti oldidan Xanchjou aeroportida Amerika delegatsiyasi va Xitoy vakillari bilan bog‘liq hodisaga izoh berdi. Bu haqida Fox News xabar berdi.

"O‘ylashimizcha, matbuot bizning qilayotgan ishlarimizni yoritish, savollar berish imkoniga ega. Biz bunday safarlarda o‘z tamoyillarimiz va qadriyatlarimizga sodiq qolamiz", - dedi Obama. 

Avval xabar berganimizdek, AQSh prezidenti boshchiligidagi delegatsiya Xanchjouga tashrif buyurganida, aeroportga trap keltirilmagan va qizil poyondoz to‘shalmagan. Xitoy vakili Obamaning yordamchisidan ular bilan kelgan jurnalistlar hamma narsani yozavermasligini talab qilgan, buning natijasida ikki davlat vakillari o‘rtasida ziddiyat yuzaga kelgan. 

Obama "bu vaziyatga keragidan ortiq ahamiyat qaratmasligi"ni qo‘shimcha qildi.

Mavzuga oid
Top