12:13 / 04.09.2016
13233

Toshkentda savdo markazlaridagi ko‘ngilochar maydonchalar vaqtincha yopildi

3 sentabrdan O‘zbekistonda e'lon qilingan uch kunlik motam munosabati bilan Toshkentdagi savdo-ko‘ngilochar markazlarining o‘yin maydonchalari vaqtincha yopildi. Bu haqda Samarqand Darvoza, Parus, Next, Mega Planet va Vega savdo-ko‘ngilochar markazlarining Facebook'dagi sahifalarida xabar qilindi.

Unga ko‘ra, markazlar hududidagi o‘yin maydonchalari, attraksionlar, kinoteatrlar va boshqa ko‘ngilochar loyihalar faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi.

«03.09.2016 dan 06.09.2016 gacha Samarqand Darvoza savdo-ko‘ngilochar markazida turli tadbirlar va turli reklama aksiyalari o‘tkazilmaydi, shuningdek, 4- va 5- qavatlarda joylashgan o‘yin maydonchalari, bouling «The Bowler», «Royal Cinema» kinoteatri va qo‘g‘irchoq teatri ishlamaydi. Qolgan barcha kafe, do‘kon va fud-kortlar belgilangan grafik asosida faoliyatini davom ettiradi», - deyilgan markaz xabarida.

Mavzuga oid
Top