16:16 / 04.09.2016
18288

O‘zbekistonliklar Senat binosida hamdardlik bildirishmoqda

Bugun Oliy Majlis Senati binosida ham barcha istovchilar uchun O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan ta'ziya izhor etish imkoniyati yaratildi.

Shuningdek, keluvchilar hamdardlik kitobida bitiklar qoldirishmoqda.

Uzreport xabariga ko‘ra, bugun erta tongdan diplomatik korpus vakillari, vazirliklar va idoralar, partiya hamda jamoatchilik tashkilotlari vakillari Senat binosiga tashrif buyurishni boshlashdi.

Kun davomida O‘zbekiston fuqarolari ham davlat rahbarini xotirlab gullar bilan kelishmoqda.

«Nigohlarida qat'iyat, ishonch va mehr balqib turgan Islom Karimovning suratiga qarab, shu zaminda yashayotgan har bir inson buyuk Prezidentimiz amalga oshirgan ezgu ishlar – xalqimiz uchun dunyoda hech kimdan kam bo‘lmagan sharoitlar yaratilgani, qudratli davlatchiligimiz barpo etilgani, davlatimiz jahon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lganini yana bir bor his qilib, bularni ko‘z qorachig‘idek asrash, boshlangan ezgu ishlarni davom ettirishga mas'ul ekanini teran anglamoqda», — deyiladi xabarda.

Top