20:21 / 05.09.2016
18454

AQSh Davlat departamenti vakili O‘zbekistonga keldi

AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Daniel Rozenblyum O‘zbekistonga keldi. Bu haqda O‘zbekiston TIV sayti xabar bergan.

Amerikalik diplomat AQSh prezidenti Barak Obamaning O‘zbekiston respublikasi prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari nomidan hamdardlik izhor etib, O‘zbekiston ahliga dalda bildirgan maktubi matnini taqdim etdi.

Suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlarning ba'zi masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda AQSh elchisi Pamela Spratlen ishtirok etdi.

Top