20:33 / 05.09.2016
13218

Islom Karimovning vafoti munosabati bilan ta'ziyanomalar kelishi davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat arboblari, ishbilarmon va akademik doiralar vakillaridan ta'ziyanomalar kelmoqda. Mazkur ta'ziyanomalarda ushbu qayg‘uli damlarda O‘zbekiston rahbariyati, xalqi va Islom Karimovning oila a'zolariga chuqur hamdardlik bildirilib, sabr-toqat tilangan, deb ma'lum qiladi O‘zA.

Quyidagilar o‘z ta'ziyanomalarini yo‘llagan: 

Yevropa Kengashi Prezidenti – Donald Tusk 

Fransiya Respublikasi Prezidenti – Fransua Olland 

Italiya Respublikasi Prezidenti – Serjo Mattarella 

Kuba Respublikasi Davlat Kengashi va Vazirlar Kengashining Raisi – Raul Kastro Rus 

Kuvayt Davlati Amiri – Shayx Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh 

Bangladesh Xalq Respublikasi Prezidenti – Abdul Hamid 

Bangladesh Xalq Respublikasi Bosh vaziri – Shayx Hasina Vazed 

Bruney Dorussalom Sultoni – Hoji Hassanal Bolkiyah 

Bruney Dorussalom Bosh vazirining ofisi vaziri va ikkinchi tashqi ishlar va savdo vaziri – Pexin Dato Lim Jok Seng 

Vetnam Sotsialistik Respublikasi Prezidenti – Chan Day Kuang 

Isroil Davlati Prezidenti – Reuven Rivlin 

Qatar Davlati Bosh vaziri, ichki ishlar vaziri – Shayx Abdulloh bin Nosir bin Xalifa Ol Soniy 

Buyuk Britaniya Parlamenti a'zosi, tashqi ishlar vaziri – Boris Jonson 

Malayziya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari – Dato Sri Riizal Merikan bin Nayna Merikan 

Malayziya ishbilarmonlar va sanoatchilar assotsiatsiyasi prezidenti – Dato Muhammad Izat Amir 

Islom hamkorlik tashkilotining Bosh kotibi – Iyyad Amin Madaniy 

“Gazprom” kompaniyasi boshqaruvi raisi – Aleksey Miller 

Germaniya – O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi ijrochi direktori, “Doyche Kabel AG Toshkent” qo‘shma korxonasi investori – Falk Porshe 

Ispaniya Kongressi deputati – Xose Mariya Chikiyo Barber 

Saudiyalik vatandoshlar. 

Ta'ziyanomalar kelishi davom etmoqda. 

Top